Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Bayroq
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
1989dan — 1983
Oʻtmishdoshi: Shamsiddinxon Boboxonov[1]
Vorisi: (tugatilgan)
 
Fuqaroligi: OʻzSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dini: Islom,
Tavalludi: 15-aprel 1952-yil(1952-04-15)
Vafoti: 10-mart 2015-yil(2015-03-10)
(62 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Dafn etilgan: Toshkentdagi “Koʻkcha” qabristoni
Otasi: Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali
Kasbi: qori, tarjimon

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, (1952-2015) Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq muftiysi, hamda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi birinchi muftiy. 2015-yilning 10-mart kuni sport zalda basketboll oynayotib 63 yoshda vafot etgan. Janoza namozi marhumning o‘g‘li Ismoil tomonidan o‘qildi. Janoza namozidan so‘ng, marhum masjid yonidagi “Ko‘kcha” qabristoniga dafn etildi.[2]

Biografiyasi

 Muhammad Sodiq 1952-yilda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tug'ilgan. Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkilot boʻlgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam aʼzolaridan biri hisoblanadi.
Muhammad Sodiq boshlangʻich diniy taʼlimni otasidan oldi. Sovet oʻrta maktabini 1970-yilda toʻliq aʼlo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga qabul qilindi. Keyinchalik Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi.

1976-yilda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Davaʼ al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy ragʻbat bilan muvaffaqqiyatli tamomladi. Liviyada tahsil olish yillari Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitdi.

1997-yilda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti boʻlgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf vafot etguniga qadar ham ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy aʼzosi hisoblangan.

2015-yil 10 mart kuni Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Toshkent shahrida vafot etdi.[3]

Ijodi

Shayx koʻplab tarjima kitoblar muallifidir. 1994-yildan 2000-yilgacha

Vafoti

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2015-yilning 10 mart kuni Toshkent shahrida sport zalda basketbol oynayotib vafot etdi.[4] Islom universiteti zalida sport bilan shugʻullanadigan xazrat shu kuni mashgʻulotdan soʻng kiyinish xonasida yurak xurujidan vafot etgan. U jiyanlari va oʻgʻillari bilan basketbol oʻynaganidan soʻng oʻzini yomon xis qilgan.[5] Shayxni soʻngi manzilga kuzatish marosimi Toshkent shahrining Koʻkcha dahasi Shayx Zayniddin jomeʼ masjidida oʻtkazildi. Janoza marosimiga Oʻzbekiston Respublikasining turli viloyatlari va boshqa mamlakatlardan tashrif qilgan taxminan 200 000 kishi ishtirok etgan.[6]

Ilmiy darajalari

  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadini bitirganlar.
  • Tripoli shahridagi butun dunyo Islomga daʼvat fakultetini bitirganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadida tafsir, ulumul qurʼon va faroiz fanidan dars berganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadda mudir noibi boʻlib ishlaganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadda mudir boʻlib ishlaganlar.
  • Oʻrta osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi hamda mufti lavozimida ishlaganlar.
  • Toshkent Islom universitetida oliy oʻquvi boʻlimida ustoz boʻlib ishlaganlar.
  1. „Din nasihatdir“
  2. „Shoyadki taqvodor boʻlsak“
  3. „Poklik iymondandir“
  4. „Islom maʼnaviy jinoyatlarga qarshi“
  5. „Ramazonni qanday qarshilaymiz
  6. Adabul mufrad. Imom Buxoriy.

Manbalar