Halima Xudoyberdiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi.

H. Xudoyberdiyeva „Yosh gvardiya“ nashriyotida boʻlim boshligʻi (1978—1982), „Saodat“ jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1984—1994 yillarda „Saodat“ning bosh muharriri, 1991—1994 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996), „Saylanma“ (2000) shoiraning muhim asarlaridir.

H. Xudoyberdiyeva „Oʻzbekiston xalq shoiri“ (1992), Hamza nomidagi „Hurmat belgisi“ ordeni sohibasi.

Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan (1964). Shundan keyin uning "Ilk muhabbat" (1968), "Oq olmalar" (1973), "Chaman" (1974), "Suyanch togʻlarim" (1976), "Bobo quyosh" (1977), "Issiqqor" (1979), "Sadoqat" (1983), "Muqaddas ayol" (1987), "Bu kunlarga yetganlar bor", "Hurlik oʻti" (1993), "Toʻmarisning aytgani" (1996) "Yoʻldadirman" (2005) va boshqa sheʼriy kitoblari nashr etilgan. X. oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sheʼriy toʻplamlaridan boshlab oʻz ijodida ayol va ona obrazlarining sexrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning toʻlaqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sogʻlom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi moʻʼjizaviy kuchdir. X. ayni shu nuqtai nazardan oʻzbek ayollarining oʻyxayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuygʻularini oʻstirishga intiladi.

Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Toʻfon Minnullinning "Alla" pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan.

1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

Asarlari

Adabiyotlar

Kitoblar

  • Saylanma (2000)