Banknotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Banknotlar, bank biletlari, kredit biletlari— markaziy emissiya banklari chiqaradigan qog‘oz pullar, kredit pullarning asosiy turi. B. pulning to‘lov funksiyasi asosida 17-asrda vujudga kelgan. Yirik davlatlarda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi B. chiqarishni davlat emissiya banklarining monopoliyasiga aylantirdi. Qog‘oz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinganidan keyin (20- a. 70- y.lari) B. haqiqiy qog‘oz pulga aylandi.B. Davlat (Markaziy) bankining aktivlari va davlatning aholiga sotadigan tovarlari b-n ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasida 1994 y. 1 iyuldan boshlab milliy valyuta so‘m muomalaga kiritildi. O‘zR Markaziy banki muomalaga qiymati 1,3,5, 10,25,50,100 so‘mlik, 1997 y. 1 martdan qiymati 200 so‘m, 2000 y. 1 iyundan 500 so‘m bo‘lgan bank biletlari (bank qog‘oz pullari) chiqargan. Ular tanga va chaqalarga maydalanadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil